Fikr

Özbekiston jazo tizimidagi yana bir maynavozçilik haqida

Video1-iyun, 2025, 14:454 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

🤡Özbekiston jazo tizimidagi yana bir maynavozçilik haqida

Ijtimoiy tarmoqlarda tez tibbiy yordam maşinasiga yöl bermagan noinsof haydovçi haqidagi video keng muhokamalarga sabab bölyapti.

01 774 OLA davlat raqami belgisidagi avtomobil haydovçisini topib, unga nisbatan maʼmuriy jarima qöllaşibdi. Jarima miqdori — 1 mln 875 ming söm. Agar 15 kun içida tölasa, 50% çegirma ham beramiz, natijada 937 ming söm tölaydi xolos.

Bu öta kulgili! Bir yoki bir neça inson hayotiga zomin bölişi mumkin bölgan bunaqa qöpol qoidabuzarlik uçun bunaqa yengil jazo beriş şarmandalik.

Şarmandalikning yana bir tomoni şundaki, ruxsatsiz tonirovka qilgan haydovçiga dastlab 9 mln 375 ming söm, agar yana takrorlansa 15 mln söm jarima belgilaganmiz. Nima uçunligini bilasizmi? Çunki tonirovkadan tuşadigan pulning asosiy qismi Içki işlar vazirligiga tuşadi.

Maxsus transport vositalariga yöl bermaganlarga esa takroriylik uçun oğirroq jazo ham yöq. Yaʼni har kuni şu işni qayta-qayta qilaversangiz ham, bir xil 900 ming söm jarima tölab, qutilib ketaverasiz.

Yoki bugundan işga tuşgan jarima ballari tizimini olaylik. Maxsus xizmat maşinalariga yöl bermaganlik uçun atigi 0,5 (yarim) jarima bali beriladi. Ruxsatsiz tonirovka uçun dastlab 0,5 ball, takrorlansa 1 ball beriladi.

🤑Bunaqa jazo tizimini öylab topganlarga inson hayoti unça muhim emas, hisobiga tuşadigan pul muhimroq, şekilli. Inson qadri? Nima u? Puldan gapiringlar yaxşisi.

❗️Qonunçilik taşabbusiga ega masʼullarga murojaatim:

jazo tizimini insonparvarlik nuqtayi nazaridan qayta körib çiqinglar, iltimos. Bizga birinçi öringa inson qadrini, odamlar xavfsizligini ustun qöyadigan tizim kerak. Pul işlaş uçun öylab topilgan ahmoqona qoidalar-u, jazolarni yöqotiş kerak.

🚑🚒🚓 Maxsus xizmat maşinalariga, jumladan, tez tibbiy yordam yoki öt öçiruvçilarga yöl bermagan haydovçilarga ÖTA QATTIQ jazo qöllaşimiz kerak. Bu kamida inson(lar) hayotiga suiqasd deb baholanişi va jinoiy javobgarlik keltirib çiqarişi, haydovçilik huquqidan mahrum qilinişi şart. Bu holat yana takrorlansa maşinasini musodara qilişsa ham roziman.

Arzimagan 900 ming sömni tölab qutilib ketadigan “krutoyvaççalar” heç qaçon xatosidan öziga tegişli xulosa çiqarmaydi.

🫣Yana biz bunaqa qoidabuzarlarning yuzini berkitib, ularga rahm-şafqat ham qilamiz. Aslida butun Özbekiston ularni tanib olişi va malomat qilişi kerak. Ular kimligini oçiq körsataylik. Nafaqat jazo, balki jamiyat oldidagi uyat hissi ham kelgusida bu kabi ayançli holatlarning oldini oladi.

Gap insonlar hayoti haqida ketayotganda köngilçanlik ketmaydi, örtoqlar!

👉 @xushnudbek 👈

  • 67 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek