Endi fotoradarlar qoidabuzarlik aniqlasa, 1 oydan keçikmasdan maʼmuriy jazo qöllaş kerak böladi
❗️Endi fotoradarlar qoidabuzarlik aniqlasa, 1 oydan keçikmasdan maʼmuriy jazo qöllaş kerak böladi. Ilgari bu muddat 1 yil edi
Bu böyiça Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
✅ Qonunga köra, maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş vositalari orqali quyidagi maʼmuriy huquqbuzarliklar qayd etiladi:
▪️ xavfsizlik kamaridan foydalaniş qoidalariga rioya etmaslik;
▪️ transportni boşqariş vaqtida telefondan foydalaniş;
▪️ belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kmdan köp bölmagan kattalikda oşirib yuboriş;
▪️ töxtaş yoki töxtab turiş qoidalarini buzişi va boşqalar.
⏳ Yöl qoidalari buzilganligi foto va video qayd etiş texnika vositalari orqali qayd etilganda maʼmuriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan eʼtiboran 1 oydan keçiktirmay qöllanadi.
🗓 Maʼmuriy javobgarlikka tortiş töğrisidagi qaror ustidan şikoyat qilinganda esa huquqbuzarlik sodir etilgan kundan eʼtiboran 1 yildan keçiktirmay qöllanilişi mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
- 23 Telegram Stars



