Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasida bir guruh jurnalist va soha xodimlari taqdirlandi

Foto25-iyun, 2022, 16:101 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Manba:Xushnudbek - o‘ta shaxsiy

27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bugun Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasida bir guruh jurnalist va soha xodimlarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi.

Jurnalistlarni Federatsiya raisi Qudratilla Rafiqov bilan birga Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov ham taqdirladi.

Meni "Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi laureati" mukofotiga loyiq körişganidan xursandman.

2014-2019-yillarda Kasaba uyuşmalarining yuridik tizimida salkam 5 yil işlaganman. Bu menga juda katta hayotiy maktab bölgan. Şu vaqt içida minglab xodimlarning huquqlari tiklanişida oz bölsa-da hissam qöşilgan. Köplab sud muhokamalarida xodimlar tarafini olib qatnaşiş va ğolib bölganimizda xodimlarning quvonç köz yoşlarini köriş nasib qilgan.

Umuman olganda, kasaba uyuşmalari tizimi menga insonlarga naf keltiriş oliy baxt ekanligini anglaşimga xizmat qilgan. Buning uçun uşbu tizimdagi ustozlarimdan bir umr minnatdorman.

Kimgadir yaxşilik qiliş juda yoqimli iş, men sizga aytsam.

🔘@xushnudbekuz

  • 👍 1268
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek