Özbekiston milliy terma jamoasi örtoqlik uçraşuvida Niderlandiyadan 2:1 hisobida mağlub böldi
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzAsosiy uçraşuvdan söng kam öyin amaliyotiga ega futbolçilar uçun 30 daqiqalik ikkita qöşimça bölim yopiq eşiklar ortida ötkaziladi.Bugun tunda Özbekiston milliy terma jamoasi örtoqlik uçraşuvida 🇳🇱Niderlandiyadan 2:1 hisobida mağlub böldi.
Raqiblarimiz ikkala golni ham penaltidan urişdi, bizning golga Igor Sergeyev mualliflik qildi.
32-daqiqada Gakpo penaltidan hisobni oçgandan söng, toki 90-daqiqagaça hisob özgarmadi.
Asosiy vaqt tugaşi arafasida raqiblarimizdan biriga qizil kartoçka körsatildi. Şundan keyin biznikilar yanada bosim qilişdi va hujumlarning birida Igor Sergeyev hisobni tenglaştirdi.
Öyin durang bilan tugayotgan edi, ammo niderlandlar burçak töpi tepayotgan vaqtda Abduqodir Husanov qöpolligi sabab darvozamizga yana penalti belgilandi. Bu safar ham Gakpo 90+8-daqiqada gol urdi va öyin 2:1 hisobida tugadi.
Asosiy öyindan keyin terma jamoalar yopiq eşiklar ortida ikkita 30 daqiqalik bölimdan iborat öyin ham ötkazişdi. Uşbu bahsda Özbekiston 2:1 hisobida ğalaba qozondi. Yigitlarimizdan Azizbek Amonov va Avazbek Ölmasaliyev gol urişga erişdi.
Endi Özbekiston milliy terma jamoasining keyingi öyini Toşkent vaqti bilan 18-iyun kuni soat 07:00 da 🇨🇴Kolumbiyaga qarşi boşlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 3 Telegram Stars
