Özbekiston notarial palatasi ISO sertifikatini oldi
📄Özbekiston notarial palatasi ISO sertifikatini oldi
11-sentyabr kuni Notarial palataga Xalqaro standartlaştiriş taşkiloti (ISO)ning ISO 37001:2016 hamda ISO 9001:2016 standartlari böyiça sertifikatlarini topşiriş marosimi bölib ötdi.
ℹ️ Maʼlumot uçun, ISO 37001:2016 sertifikatiga ega bölgan taşkilotlar öz faoliyatida “korrupsiyadan xoli va şaffof” tamoyillariga sodiq ekanini namoyon etadi.
ISO 9001:2016 standarti esa yuqori sifatli mahsulot yoki xizmatlar, mijozlar ehtiyojini qondiriş va doimiy takomillaştirişni taʼminlaş uçun taşkilot öz jarayonlarini qanday boşqarişi kerakligi haqidagi talablarni belgilaydi.
Rasmiy xabarda aytilişiça, Notarial palata Özbekistondagi nodavlat notijorat taşkilotlar orasida uşbu ISO sertifikatlarini olgan birinçi taşkilot bölgan.
- 3 Telegram Stars


