Özbekiston şaxmat olimpiadasi çempioni
🇺🇿🇺🇿🇺🇿ÖZBEKISTON ŞAXMAT OLIMPIADASI ÇEMPIONI!!!!!
Jahongir Vohidov hal qiluvçi bahsda ğalaba qozondi va jamoamizga öta muhim ğalabani olib keldi.
Şunday qilib Jahongir 8 imkoniyatdan 6,5 oçko töpladi.
Köpçilikning xabari bölsa kerak, 27 yoşli jamoamizning "otaxoni" Jahongir Vohidov terma jamoadagi yigitlarimizning ustozi böladi. Şaxmat olimpiadasi davomida Jahongir haqiqiy ustoz nomiga munosib iştirok etdi. U öz şogirdlarini oldinga boşladi, ruhan qöllab-quvvatladi, oğir vaziyatlarda qimmatli oçkolarni olib berdi. Yigitlarimiz ham ustozining dadil va işonçli öyinidan ruhlanişdi.
Ayniqsa Jahongir AQŞ bilan öyinda özidan 150 reyting balandda bölgan Sem Şenklendni mazzasini qoçirdi. Töğri, garçi oxirgi daqiqalarda ğalabani qöldan çiqargan bölsa-da, lekin baribir köpçilik eʼtirof etdi. Turnir peşqadami Armaniston ustidan qozonilgan ğalabada ham hissasi katta böldi.
Şuningdek, keçagi Hindiston-2 jamoasi vakili Adhiban bilan ötkazgan partiyasi şaxmat kitoblariga kiritiladi. Jahongir ham, uning raqibi ham şu darajada çiroyli öyin körsatdiki, qoyil qolmasdan iloj yöq. Jahongirning murakkab vaziyatdan aqlli çiqib keta olgani ham jamoamiz joniga oro kirdi.
Barçasi uçun rahmat, ustoz Jahongir! Doimo şogirdlaringiz rohatini körib yuring.
YIGITLAR, SIZLAR BIZNING FAXRIMIZSIZ! QAHRAMONLAR!
👉 @xushnudbek 👈


