Samarqanddagi şaxmat olimpiadasining ilk kunida Özbekiston-1 Yamaykani 4:0 hisobida mağlub etdi
♟Samarqandda ötayotgan şaxmat olimpiadasining ilk kunida 🇺🇿Özbekiston-1 terma jamoasi 🇯🇲Yamayka ustidan 4:0 hisobida ğalaba qozondi. Bugun jamoamiz tarkibida Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yakubboyev, Şamsiddin Vohidov hamda Muhiddin Madaminov dona surişdi. Javohir Sindarovga dam berildi.
Asosiy favoritlardan 🇺🇸AQŞ 🇮🇶Iroqni 3,5:0,5 hisobida, 🇮🇳Hindiston 🇹🇭Tailandni 3:1 hisobida, 🇨🇳Xitoy esa 🇺🇬Ugandani 4:0 hisobida mağlub etdi.
Individual bahslarda turnir sensatsiya bilan boşlandi. Hindiston jamoasi yetakçisi Arjun Erigaysi özidan 400 reyting pastdagi tailandlik xalqaro master unvonli raqibiga mağlub böldi.
Boşqa yigitlarimiz ham bugun ğalaba qozonişdi. 🇺🇿Özbekiston-2 jamoasi 🇦🇫Afğonistonni 3:1, 🇺🇿Özbekiston-3 jamoasi esa 🇲🇱Mali ustidan 3,5:0,5 ustida ğalaba qozondi.
Qizlarimizning barça 3 ta jamoasi ham bugun ğalaba qozondi.
🇺🇿Özbekiston-1 — 🇹🇹Trinidad va Tobago 4:0
🇺🇿Özbekiston-2 — 🇹🇬Togo 3:1
🇺🇿Özbekiston-3 — 🇹🇿Tanzaniya 4:0
Maʼlumot uçun: Özbekiston uşbu musobaqa mezboni bölgani uçun, qoidaga köra, 3 ta jamoa bilan qatnaşişga haqli.
👉 @xushnudbek 👈
- 3 Telegram Stars

