Dunyoning Top 300 talikdagi universitetlariga öqişga kirganlarga 20 ming dollargaça taʼlim krediti beriladi
💵 Dunyoning Top 300 talikdagi universitetlariga öqişga kirganlarga 20 ming dollargaça taʼlim krediti beriladi
Bu böyiça Vazirlar Mahkamasining qarori (88-son, 02.03.2026-yil) qabul qilindi.
⬇️ Unga köra, taʼlim krediti quyida talablarga javob beradigan yoşlar (30 yoşdan oşmagan, şu jumladan, 30 yoşda bölgan) va pedagoglarga ajratiladi:
🔹 QS (Quacquarelli Symonds) yoki THE (The Times Higher Education) böyiça Top 300 talikka kiritilgan xorijiy oliygohlarga öqişga qabul qilingan;
🔹 Özbekiston fuqarolari.
👨🎓 Kredit bakalavriat hamda magistratura dasturlarida öqiş uçun ajratiladi.
💰 Kredit 1 öquv yili uçun 20 ming AQŞ dollarigaça miqdordagi ekvivalentda milliy valyutada ajratiladi.
⏳ Kreditning asosiy qarzi talabaning rasmiy öqiş muddati tugagandan söng 7-oydan boşlab 7 yil davomida qaytariladi.
📑 Kredit oluvçi bankka murojaat qilişda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
▫️ ariza;
▫️ şaxsni tasdiqlovçi hujjatlar nusxasi;
▫️ taklifnoma-xat (1-kurslar uçun);
▫️ akademik özlaştiriş natijalari (2-kursdan boşlab);
▫️ tölov-kontrakt asosida öqiş böyiça şartnoma hamda oliy taʼlim taşkilotining bank rekvizitlari körsatilgan invoys;
▫️ birgalikda qarz oluvçilarning sönggi 12 oylik daromadlari yuzasidan maʼlumot;
▫️ mehnat daftarçasidan köçirma (30 yoşdan oşgan pedagoglar uçun).
🏦 Taʼlim krediti stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilanadi.
👉 @xushnudbek 👈


