Özbekistonda 33 ta tuman (şahar)da hokimlar va ularning örinbosarlari rotatsiya qilinadi
🔁 Özbekistonda 33 ta tuman (şahar)da hokimlar va ularning örinbosarlari rotatsiya qilinadi
Bu böyiça Prezident farmoni qabul qilindi.
Unga köra, 2026-yil 1-yanvardan “Yangi Özbekiston qiyofasidagi tuman (şahar)” maqomida bölgan 33 ta tuman (şahar)da faoliyat yurituvçi davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi. Bunda:
🔹 respublika ijro etuvçi hokimiyat organlarining tuman (şahar) bölinma rahbari hamda tuman (şahar) hokimi va uning örinbosarlari har 5 yilda, qoida tariqasida, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toşkent şahri doirasida boşqa tuman (şahar)ga rotatsiya qilinadi;
🔹 rotatsiya qilinadigan rahbarlar Boşqaruv samaradorligi agentligining “hrm.gov.uz” elektron platformasi orqali aniqlanadi;
🔹 rahbar yangi hududga ötişdan oldin hududning iqtisodiy va ijtimoiy holati böyiça intensiv kursda öqitiladi;
🔹 rotatsiya qilingan rahbar faoliyati agentlik tomonidan elektron platforma orqali onlayn tarzda monitoring qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars



