Bolalar ombudsmaniga qöşimça yangi huquqlar berilişi mumkin
Bolalar ombudsmaniga qöşimça yangi huquqlar berilişi mumkin
Bu haqdagi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasida ikkinçi öqişga tayyorlanmoqda.
Jumladan:
➖ voyaga yetmagan şaxs iştirok etgan jinoyat işi hujjatlari bilan tanişiş va ulardan köçirma nusxalar oliş;
➖bolaning buzilgan huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qiliş hamda tiklaş maqsadida sud jarayonlarida iştirok etiş;
➖hukm bilan tanişib, bola manfaatidan kelib çiqib, prokuraturaga hukm ustidan protest bildiriş haqida murojaat qiliş.
Bundan taşqari, hujjatga köra:
🔹 suriştiruv, tergov organlari va sud voyaga yetmaganlarning hayoti, soğliği yoki jinsiy erkinligiga qarşi jinoyatlarga oid qabul qilgan qaror, hukm (ajrim)lari töğrisida Bolalar ombudsmanini yozma ravişda xabardor qilişi şart böladi;
🔹Bolalar ombudsmani mansabdor şaxslarga qonunçilik buzilişiga yöl qöymaslik töğrisida ogohlantiriş va taqdimnomalar kiritiş huquqiga ega böladi;
🔹Bolalar ombudsmanining Oliy Majlis, Konstitusiyaviy sud, Oliy sud, Vazirlar Mahkamasi majlislarida iştirok etiş va masalalar kiritiş huquqi mustahkamlanadi.
👉 @xushnudbek 👈



