Tushuntirish

Özbekistonda erkaklar va ayollar maoşi örtasidagi farq — 39% (tadqiqot natijalari)

Matn30-avgust, 2023, 14:361 daqiqa0 koʻrish

Özbekistonda erkaklar va ayollar maoşi örtasidagi farq — 39% (tadqiqot natijalari)

Jahon bankining katta iqtisodçisi Uilyam Zeys Markaziy Osiyodagi uçta rivojlanayotgan davlatda: 🇺🇿Özbekiston,🇰🇿Qozoğiston va 🇰🇬Qirğizistonda erkaklar va ayollar iş haqlarining tengligi böyiça tadqiqot ötkazibdi.

Tadqiqot muallifi rasmiy statistikasiga tayangan holda, uşbu davlatlarda erkaklar va ayollarning iş haqi örtasidagi tafovut jahondagi örtaça körsatkiçidan yuqori ekanligini aniqlagan. Afsuski eng katta farq bizda:

— Qozoğistonda 22 foiz;
— Qirğizistonda 25 foiz;
— Özbekistonda 39 foiz.

Şuningdek, Uilyam Zeys “teng iş uçun teng haq tölaş” normasi Özbekistonda 2022-yil oxirida Mehnat kodeksiga kiritilganini, Qirğiziston va Qozoğistonda qonunçiligida esa hozirça bunday norma yöqligini taʼkidlagan.

Teng maoşga oid huquqiy meʼyorlarning qabul qilinişi erkaklar va ayollar örtasidagi iş haqi farqi muammosini faqat qisman hal qiladi, asosiysi eskiça dunyoqaraşga qarşi kuraşmasdan turib, rivojlanayotgan mamlakatlardagi tafovutni bartaraf etişning iloji yöq, deb hisoblaydi Jahon banki.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek