Özbekistonda imkoniyati çeklangan öquvçilar uçun ijtimoiy taksi xizmati yölga qöyildi
🚕 Özbekistonda imkoniyati çeklangan öquvçilar uçun ijtimoiy taksi xizmati yölga qöyildi
Loyiha imkoniyati çeklangan öquvçilarga taksi orqali öquv muassasasiga xavfsiz va qulay tarzda qatnaş imkonini beradi.
💰 Transport xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi — har bir bola uçun oyiga BHMning 1,2 barobari (450 ming söm) miqdorida. Imtiyoz şartiga qarab, yöl haqining 60 yoki 100 foizi qoplanişi mumkin.
🚕 Buyurtmalar Yandex Go mobil ilovasi orqali amalga oşiriladi va ular "Komfort" tarifida bajariladi. Taksi çaqirişda maxsus imkoniyatlar mavjud — masalan, "Men nogironlar aravaçasida bölaman" yoki "Maşinani topişda yordam kerak" kabi. Bunday holatlarda haydovçiga maxsus xabar yuboriladi va u yordamga tayyor böladi.
❌ Yandex Go bunday xizmatlar uçun komissiya olmaydi: davlat tomonidan tölanadigan barça mablağlar töğridan-töğri haydovçilarga beriladi.
Toşkent, Samarqand va Andijon şaharlarida işga tuşgan loyiha Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Yandex Uzbekistan hamkorligida amalga oşirilmoqda.
- 2 Telegram Stars

