Özbekistonda kambağal oilalar farzandlari davlat boğçalariga imtiyozli qabul qilinadi
Özbekistonda kambağal oilalar farzandlari davlat boğçalariga imtiyozli qabul qilinadi
“Kambağallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oşiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident qarorida 2025-yil 1-yanvardan kambağal oilalar farzandlari davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinişi belgilandi.
Şuningdek, qaror bilan:
— 2025/2026-öquv yilidan, kambağal oilalar farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yaşaş xarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi;
— 2025-yildan “El-yurt umidi” jamğarmasi tomonidan kambağal oilalarning farzandlari uçun alohida kvotalar ajratiladi.
👉 @xushnudbek 👈



