Özbekistonda Mahmudxöja Behbudiy hamda Bahodir Yöldoşev nomidagi davlat mukofotlari taʼsis etildi
🏅Özbekistonda Mahmudxöja Behbudiy hamda Bahodir Yöldoşev nomidagi davlat mukofotlari taʼsis etildi
Dramaturglar uçun Mahmudxöja Behbudiy nomidagi va yoş rejissyorlar uçun Bahodir Yöldoşev nomidagi mukofotlar töğrisida nizomlar tasdiqlandi.
🗓 Unga köra, mukofot ğoliblarini aniqlaş uçun har 2 yilda 1 marotaba tanlov ötkaziladi.
🎭 Mukofotlar bilan rejissura va dramaturgiya sohalarida faol ijod qilayotgan rejissyor va dramaturglar teatrlar repertuarini dolzarb mavzudagi sahna asarlari bilan boyitişga qöşgan munosib hissasi uçun taqdirlanadi.
💰 Ğoliblarga mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining 50 barobari (63 mln 550 ming söm) miqdorida 1 martalik pul mukofoti hamda diplom va statuetkalar beriladi.
🎖 Mukofotlar 27-mart – Xalqaro teatr kuni arafasida madaniyat vaziri yoki uning tegişli örinbosari tomonidan tantanali tarzda topşiriladi.
- 6 Telegram Stars


