Özbekistonda professional tutingan oila xizmati yölga qöyiladi
❗️Özbekistonda professional tutingan oila xizmati yölga qöyiladi
Bu Prezidentning "2026–2030-yillarga möljallangan Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş strategiyasini tasdiqlaş töğrisida"gi farmonida belgilandi.
2026-yil 1-fevraldan boşlab:
➖ zöravonlik natijasida oilasidan olingan va öziga nisbatan zöravonlik sodir etilişi xavfi ostida bölgan, şuningdek, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bölgan bolalar uçun professional tutingan oila xizmati yölga qöyiladi. Bunda:
1) professional tutingan oilani taşkil etişga nomzodlar zöravonlikdan jabrlangan va öziga nisbatan zöravonlik sodir etilişi xavfi ostida bölgan, şuningdek, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bölgan bolalardagi zöravonlik natijasida olingan ruhiy jarohatning salbiy taʼsirini kamaytiriş, xulq-atvoridagi oğişişlarni yoki oila aʼzolari, tengdoşlari bilan munosabatlaridagi buzilişlarni va ularning oqibatlarini bartaraf etişga qaratilgan ijtimoiy-reabilitatsiya dasturlari asosida öqitiladi;
2) zöravonlik natijasida oilasidan olingan ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar professional tutingan oilaga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va mazkur oilalar örtasida tuzilgan şartnoma asosida joylaştiriladi;
3) professional tutingan oilaga har bir joylaştirilgan bolani parvarişlaş uçun har oyda Ijtimoiy himoya davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining 2 baravari miqdorida (2 mln 542 ming söm) mablağ tölab boriladi;
4) professional tutingan oilaga joylaştirilgan har bir bolaning yaşaş xarajatlari uçun Ijtimoiy himoya davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan qonunçilik hujjatlariga muvofiq oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvçilarining yaşaş xarajatlari uçun belgilangan miqdorlarda mablağ ajratiladi;
➖ dastlab Qaşqadaryo, Navoiy va Xorazm viloyatlarida, 2026-yil yakuniga qadar respublikaning boşqa hududlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar uçun Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimida kiçik hajmli ijtimoiy kömak markazlari faoliyati yölga qöyiladi.
👉 @xushnudbek 👈


