Prezident farmoniga köra, 2024-yil 1-martdan litsenziya va ruxsatnomalarning 22 turi bekor qilinadi
PF-8 — 09.01.2024-yil .pdf
PDF · 17 MB
Prezident farmoniga köra, 2024-yil 1-martdan litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjatlarning 22 turi bekor qilinadi.
Jumladan, quyidagi litsenziya va ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjatlar xabardor qiliş tartibiga ötkaziladi:
1️⃣ Turistik faoliyatni amalga oşiriş uçun litsenziya (turagentlik faoliyati) (“Umra” tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş faoliyati bundan mustasno);
2️⃣ Arxitektura-şaharsozlik hujjatlarini işlab çiqiş faoliyati uçun litsenziya (obyektlarning murakkablik toifalari klassifikatori böyiça 1 toifasiga mansub loyihalar);
3️⃣ Yuridik maslahat xizmatlarini körsatuvçi tijorat taşkilotlarining reyestriga kiritiş töğrisida ariza.
Soddaroq tuşuntirganda, masalan, turistik faoliyatni amalga oşiriş uçun endi litsenziya oliş şart bölmaydi, şunçaki tegişli taşkilot onlayn ravişda xabardor qilib qöyiladi xolos. Yaʼni şunçaki ertalab turib, “men turistik faoliyat bilan şuğullanaman” deysiz, tamom, işingizni qilaverasiz.
👉 @xushnudbek 👈


