Özbekistonda yillik inflyatsiya darajasi 7,8 foizgaça pasaydi
📉 Özbekistonda yillik inflyatsiya darajasi 7,8 foizgaça pasaydi
Bugun, 12-noyabr kuni Prezidentga bu böyiça axborot berildi.
Unga köra, 2025-yil 1-noyabr holatiga köra, yillik inflyatsiya darajasi ötgan yilgi 10,2 foizdan 7,8 foizgaça pasaygan. 2026-yilda bu körsatkiçni 7 foizgaça tuşiriş, 2027-yilda esa 5 foiz doirasida uşlab turiş rejalaştirilmoqda.
Şu maqsadda içki bozorda tovar va xizmatlar taklifini rağbatlantirişga alohida eʼtibor qaratiladi. Xususan, 2026-yilda banklar agrar tarmoq, oziq-ovqat sanoati va xizmat körsatiş sohalaridagi loyihalarni moliyalaştirişni kengaytiradi.
Yuqori ösiş surʼatlari va aholi bandligini taʼminlaş maqsadida kelgusi yilda tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotga ajratiladigan kreditlar hajmi 450 trillion sömga yetkaziladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 4 Telegram Stars

