Toşkent va Praga örtasida töğridan-töğri aviareyslar qayta tiklanişi mumkin
✈️Toşkent va Praga örtasida töğridan-töğri aviareyslar qayta tiklanişi mumkin
Uşbu masala Şavkat Mirziyoyev va Çexiya Boş vaziri Andrey Babiş iştirokidagi muzokaralarda körib çiqildi.
Uçraşuv avvalida mamlakatimiz yetakçisi uşbu taşrif Özbekiston – Çexiya munosabatlari tarixida sifat jihatidan yangi bosqiçni boşlab berişini alohida taʼkidladi.
Tovar ayirboşlaşni, şu jumladan, mahsulot turlarini kengaytiriş orqali 1 milliard dollarga yetkaziş vazifasi qöyildi.
Birgalikdagi savdoni rağbatlantiriş maqsadida Çexiyada Özbekistonning birinçi sertifikatlaş filiali taşkil etilmoqda.
Iqtisodiy kun tartibidagi barça masalalarni ilgari suriş uçun Işbilarmonlar kengaşini tuziş va Hukumatlararo komissiyaning keyingi yiğilişini şu yil avgust oyida Toşkentda ötkaziş taklif qilindi.
Tartibli mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
👉 @xushnudbek 👈



