Özbekistonda yovvoyi hayvonlarni uyda va sirklarda saqlaş hamda tomoşalarda foydalaniş taqiqlanmoqda
🦁Özbekistonda yovvoyi hayvonlarni uy şaroitida, sirk va şapitolarda saqlaş, tomoşalarda foydalaniş taqiqlanmoqda
Şavkat Mirziyoyev 19-sentyabr kuni atrof-muhitni muhofaza qiliş va turizm sohalaridagi takliflar taqdimoti bilan tanişdi.
🏗 Unda Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga quriliş maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qiliş talablariga rioya qilmaslik böyiça modda kiritiş maqsadga muvofiqligi aytildi. Yangi quriladigan, balandligi 12 metrdan yoki umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bölgan binolarni loyihalaştirişda unga tutaş hududlarning kamida 25 foizini kökalamzorlaştiriş talabi qöyiladi.
🌳 Şuningdek, endilikda daraxtlarni kesiş va qasddan quritiş, daryo özanlaridan noqonuniy qum-şağal qazib oliş, çiqindilarni belgilanmagan joylarga taşlaş kabilar uçun jarimalarni oşiriş va qatʼiylaştiriş çoralari köriladi.
🎪 Bundan taşqari, endi yovvoyi hayvonlarni uy şaroitida, sirk va şapitolarda saqlaş hamda tomoşalarda foydalaniş taqiqlanadi. Jismoniy şaxslar ixtiyoridagi hamda sirklarda saqlanuvçi bunday jonzotlar hayvonot boğlaridagi reabilitatsiya markazlariga, okeanariumlar, pitomnik va ilmiy-tadqiqot muassasalariga topşirilişi belgilanmoqda.
👉 @xushnudbek 👈

