Sport

Özbekistonlik öquvçilar 66-Xalqaro matematika olimpiadasida 4 ta kumuş va 1 ta bronza medalini oldi

Foto20-iyul, 2025, 18:012 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

🏆 Özbekistonlik öquvçilar Avstraliyada bölib ötgan 66-Xalqaro matematika olimpiadasida (IMO 2025) 4 ta kumuş va 1 ta bronza medalini qölga kiritdi. Bu Özbekiston tarixidagi eng yaxşi natija böldi.

ℹ️ Maʼlumot uçun: özbekistonlik öquvçilar IMOda 1997-yildan boşlab iştirok etadi va hozirça biror marta 🥇oltin medal olmaganmiz.

Ğoliblar va sovrindorlar:

🥈Elbek Zohidjonov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslaştirilgan maktab, 10-sinf öquvçisi – kumuş medal;
🥈Asadbek Boboqulov – “Artel Technical School” NTMning 11-sinf öquvçisi – kumuş medal;
🥈Rasulbek Ğafforov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslaştirilgan maktab, 10-sinf öquvçisi – kumuş medal;
🥈Behruz Elmurodov – Mirişkor tuman 21-maktab, 11-sinf öquvçisi – kumuş medal;
🥉Ozodbek Axtamov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslaştirilgan maktab, 11-sinf öquvçisi – bronza medal;
🎖Umarbek Ubaydullayev – Sergeli tuman ixtisoslaştirilgan maktabi, 7-sinf öquvçisi – "Honourable mention" nominatsiyasi.


Avvalroq öquvçilarimiz Xalqaro kimyo olimpiadasida ham tarixiy natija qayd etişgan edi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 4 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek