«Temurbeklar maktabi» bitiruvçilariga ham 4 yillik grant ajratiladi
❗️“Temurbeklar maktabi” bitiruvçilariga ham 4 yillik grant ajratiladi
Joriy yildan boşlab ilk marta grantlar qayta taqsimlanişni boşlaydi. Yaʼni yaxşi öqiganlar grantga çiqadi, yomon öqiganlar kontraktga tuşadi.
Prezident farmonida ijtimoiy-rağbatlantiruvçi grant sohibi bölgan talabalarga davlat granti ularning öqiş davri uçun töliq hajmda taqdim etiladi, deya belgilangan.
❓Ijtimoiy-rağbatlantiruvçi grant (IRG) nima degani?
IRG — qonunçilikda belgilangan imtiyoz böyiça davlat granti asosida va maqsadli qabul doirasida talabalikka qabul qilingan talabalarga, şuningdek, tarmoq va sohalarning, davlat organlari va taşkilotlarining grantlari sohiblari uçun ajratiladi.
Boşqaça aytganda kimdir qöşimça kvota orqali grantga kirgan bölsa, öşa IRG olgan böladi.
❓“Temurbeklar maktabi” (TM) bitiruvçilari haqida
Men bir neça yildan buyon TM bitiruvçilariga beriladigan qöşimça ball tarzidagi imtiyozni tanqid qilib kelganimni köpçilik yaxşi biladi. Bu boşqalarga nisbatan adolatsizlik, agar juda yordam bergingiz kelsa, unda TM bitiruvçilariga ham xuddi harbiylar kabi qöşimça kvota beraylik, deb taklif qilardim.
Ötgan yildan boşlab TM bitiruvçilariga qöşimça kvota ajratiladigan böldi. Yaʼni ular oddiy abituriyentga endi xalaqit bermaydi.
Ötgan yili bu haqdagi postimda uşbu yangilik TM bitiruvçilariga 4 yillik grant berişni ham taʼminlaydi, özlariga yaxşi böldi, deb yozgandim.
Ammo joriy yilda TM bitiruvçilaridan köplab murojaatlar kelib tuşdi. Unda aytilişiça, oliygoh rahbariyati TM bitiruvçilariga ham grant taqsimlaşda qatnaşişini, ariza yuborişi kerakligini aytişgan. “Ötgan yili siz boşqaça yozgandingiz-ku, lekin amalda umuman boşqaça bölyapti”, deyişdi.
Şundan söng, uşbu masalada vazirlik masʼullari bilan boğlandim, ularga vaziyatni tuşuntirdim. Muhokamalardan söng, vazirlik ham TM bitiruvçilariga 4 yillik grant berilişi kerakligini, çunki ularga qöşimça kvota ajratilganini, demak ularga IRG berilganini taʼkidlaşdi. Mendagi maʼlumotlarga köra, keça vazirlik mutasaddilari Zoom orqali yiğiliş ötkazib, oliygohlarga bu haqida tuşuntiriş ham bergan.
✅ XULOSA: ötgan yili qöşimça kvota orqali grantga kirgan TM bitiruvçilariga 4 yillik grant ajratiladi va ular har yilgi grant taqsimlaşda iştirok etmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars

