Sport

Para Osiyo öyinlari — 2026

Albom21-oktabr, 2026, 17:013 daqiqaTelegramʼdagi koʻrishlar: 167 ming

❗️Para Osiyo öyinlari — 2026. Delegatsiyamizda yana 8 ta oltin!

Erkaklar örtasida T36 klassining 400 metrga yuguriş bahsida Doston Qahhorov 54,42 soniya natija bilan marraga birinçi bölib yetib keldi. U oltin medalni qölga kiritiş bilan birga Para Osiyo öyinlari rekordini ham örnatdi.

***

Para taekvondo böyiça +65 kg vazn toifasi finalida Guljanoy Naimova xitoylik raqibasini 2:0 hisobida mağlub etib, oltin medalni qölga kiritdi.

***

Para pauerlifting böyiça ayollar örtasidagi 73 kg vazn toifasida Röza Qöziyeva 152 kg natija bilan jahon rekordini örnatib, oltin medalga sazovor böldi.

***

Erkaklar örtasida F41 klassining yadro uloqtiriş bahsida Boburjon Omonov 13,07 metr natija qayd etib, oltin medalni qölga kiritdi. U uşbu natijasi bilan Para Osiyo öyinlari rekordini ham örnatdi.

***

Ayollar örtasida S13 klassining 100 metrga çalqança suziş bahsida Muslima Odilova 1:12.99 natija bilan ğolib böldi va Para Osiyo öyinlari çempioniga aylandi.

***

Erkaklar örtasida S13 klassining 100 metrga çalqança suziş bahsida Yegor Bolotov 58.43 natija bilan ğolib böldi va 2-oltin medalga sazovor böldi. U Osiyo rekordini ham örnatdi.

***

Para yengil atletika böyiça erkaklar örtasidagi T12/T13 klasslarining 1500 metrga yuguriş finalida Faxriddin Hamrayev 4:07.48 natija bilan marraga birinçi bölib yetib keldi. U oltin medalni qölga kiritiş bilan birga Para Osiyo öyinlari rekordini ham örnatdi.

***

Erkaklar örtasida F37 klassining disk uloqtiriş bahslarida Qudratillo Maʼrufxöjayev 57.39 natija bilan oltin medalni qölga kiritdi hamda Para Osiyo öyinlari rekordini yangiladi.

📊 Medallar reytingi: ayni paytda hisobimizda 🥇29 ta oltin,🥈29 ta kumuş va🥉30 ta bronza — jami 88 ta medal bor. Umumjamoa hisobida 3-örindamiz.

👉 @xushnudbek 👈

  • 7 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Mirzayev Manuçexr Boborahimoviç Taʼlim va ilm-fan vazirligi departamenti rahbari etib tayinlandi

    Telegramʼdagi koʻrishlar: 146 ming1 daqiqa

  2. Takomillaştirilgan özbek alifbosi haqidagi qonun yuzasidan ayrim izohlar

    Telegramʼdagi koʻrishlar: 168 ming1 daqiqa

  3. Şavkat Mirziyoyev butunjahon sammiti iştirokçilariga tabrik yölladi

    Telegramʼdagi koʻrishlar: 151 ming1 daqiqa

Yana oʻqing