«Perevod» uçun ötiş ballari tasdiqlandi
“Perevod” uçun ötiş ballari tasdiqlandi
#abituriyent
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegişli buyruğiga asosan, 2026/2027-öquv yili uçun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlaridan öqişni köçiriş maqsadida ötkaziladigan maxsus sinovlar böyiça ötiş ballari belgilandi.
Bilim, taʼlim sohalari va taʼlim yönalişlari böyiça tasdiqlangan ötiş ballari quyidagiça:
▪️Huquq — 165 ball;
▪️Siyosatşunoslik — 140 ball;
▪️Xalqaro munosabatlar — 140 ball;
▪️Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar —140 ball;
▪️Soğliqni saqlaş — 132 ball;
▪️Sanʼat, Ijtimoiy fanlar, Jurnalistika, Biznes va boşqaruv — 105 ball;
▪️Transport xizmatlari — 104 ball;
▪️Taʼlim, Gumanitar fanlar, Tillar, Atrof-muhit, Matematika va statistika, AKT, Ijtimoiy taʼminot — 94 ball;
▪️Biologik fanlar, Fizika, Xizmat körsatiş — 80 ball;
▪️Muhandislik, Işlab çiqariş, Arxitektura — 75 ball;
▪️Qişloq, örmon va baliq xöjaligi, Mehnat muhofazasi — 70 ball;
▪️Veterinariya — 60 ball.
🚫 Muhim eslatma, xorijiy davlatlarning oliy taʼlim taşkilotlaridan respublika davlat oliy taʼlim taşkilotlarining mos yoki turdoş bölmagan bakalavriat taʼlim yönalişlariga öqişni köçirişga ruxsat etilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
- 4 Telegram Stars
