Poytaxtning Boş rejasi loyihasi körib çiqildi

Albom18-oktabr, 2022, 17:482 daqiqa0 koʻrish

Poytaxtning Boş rejasi loyihasi körib çiqildi

Şavkat Mirziyoyev 18-oktabr kuni “ToşkentboşplanLITI” davlat unitar korxonasiga borib, Toşkent şahrining 2045-yilgaça bölgan Boş rejasi loyihasi bilan tanişdi.

Işlab çiqilgan strategiyada közda tutilayotgan işlar:

➖ Toşkent şahri kadastri raqamlaştirilib, hududlarning toifasi oçiq-oşkora qayd etib qöyiladi. Aholi öz mahallasi yoki tadbirkorlar biznes oçmoqçi bölgan yerining qanday hududda joylaşganini internet orqali bemalol körişi mumkin böladi;

➖ Tirbandlik muammosini hal etiş uçun jamoat transporti qulaylaştiriladi. Buning uçun aholi uyidan 15 daqiqa piyoda yuradigan masofada bekat bölişi talab etiladi;

➖ “Park and ride” tamoyili asosida, şahar çekkalarida avtoturargohlar taşkil etilib, jamoat transporti bekatlari bilan boğlanadi;

➖ Binolarga ijtimoiy talablar belgilanadi. Masalan, şahar içida köp qavatli inşoot qurilgudek bölsa, uning turiga qarab, maktab, boğça, maişiy xizmat, avtoturargoh örni, kökalamzorlaştiriş maydoni kabi meyorlar qöyiladi;

➖ Katta halqa yöli atrofida “yaşil kamar” yaratiş, şahardan ötgan kanallar böyida tematik boğlar taşkil etiş közda tutilgan. Umuman, poytaxtimizda yaşil hududlarni 7 ming gektardan 25 ming gektarga yetkaziş maqsad qilingan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek