Böka tumanida içki işlar tergoviga jalb qilingan şaxs qiynoq natijasida ölgani xabar berilmoqda
Böka tumanida içki işlar tergoviga jalb qilingan şaxs qiynoq natijasida ölgani xabar berilmoqda
IIVning xabar berişiça, 3-iyun kuni soat taxminan 22.00larda gumonlanuvçi U.S. Böka tumani Jinoyat qidiruv bölimining tezkor xodimlari tomonidan protsessual tartib buzilgan tarzda maxsus sörov xonasiga emas, balki xizmat xonasiga olib çiqilib, u bilan boşqa jinoyatga aloqadorligi böyiça suriştiruv ötkazilgan. Jarayonda fuqaroning soğliği yomonlaşib, keyinçalik ölimi yuz bergan.
Tayinlangan birlamçi sud-tibbiy ekspertizasining taşxisiga köra U.S.ning tanasida tan jarohatlari borligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Toşkent viloyati prokuraturasi tomonidan JKning 235-moddasi 3-qismi (Qiynoqqa soliş va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala hamda jazo turlarini qöllaş) bilan jinoyat işi qözğatilib, voqeaga aloqador bölgan 2 nafar tezkor xodimlar J.D. va Ğ.Ş.lar hibsga olingan.
Xolis tergov va tekşiruvni taʼminlaş maqsadida, Içki işlar vazirining buyruği bilan xizmat vazifasiga masʼuliyatsizlik bilan yondaşgan Böka tumani IIB boşliği A.Babaxanov, uning birinçi örinbosari V.Xudayqulov, jinoyat qidiruv bölimi rahbari J.Subanov, tergov bölimi boşliği J.Açilov, şuningdek navbatçilik qismi masʼuli Ş.Ibragimov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Bundan taşqari, mazkur salbiy holatga aloqador bölgan tezkor xodimlar J.D. va Ğ.Ş.lar içki işlar organlari tizimidan böşatildi.
Şuningdek, Vazirlikning markaziy apparati hamda Toşkent viloyati IIBB masʼul rahbarlari va boşqa xodimlarining harakatlari yuzasidan xizmat tekşiruvi tayinlandi.
Hozirda işga aloqador tezkor xodimlar öz jinoiy qilmişlarini rad etayotgan bölsalar-da, marhum U.S. tanasida tan jarohatlari borligini hisobga olib prokuratura tomonidan qöşimça gistologik (içki organlar va töqimalardagi jarohat vaqti va darajasini aniqlaş böyiça) ekspertizasi tayinlangan. Mazkur ekspertiza maʼlum muddat talab qiladi va uning xulosasi va töplangan dalillar böyiça xodimlarning jinoiy javobgarlik masalasi körib çiqiladi.
👉 @xushnudbek 👈



