Şavkat Mirziyoyev tomonidan «Prezident Administratsiyasi töğrisida»gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi
Şavkat Mirziyoyev tomonidan “Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi töğrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi.
Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini taşkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan taʼminlovçi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga soliş böyiça huquqiy böşliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan uşbu masalalar tartibga solindi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov.
Prezidentning farmon, qaror, farmoyiş va topşiriqlari ijrosini taşkil etişda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinişi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuçaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini taʼminlovçi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanişi Prezidentlik boşqaruvining institutsional standarti hisoblanadi.
Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bölib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini taʼminlaşning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylaştirildi. Xususan:
– Administratsiya Özbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oşirilişini taşkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan taʼminlaydigan davlat organi sifatida belgilandi;
– Administratsiyani Prezident şakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yönalişlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga böysunadi va hisobdor böladi.
Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi:
– Özbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oşirilişini taşkiliy, huquqiy va tahliliy taʼminlaş;
– Prezidentning farmon, qaror va farmoyişlari loyihalarini hamda topşiriqlarini tayyorlaş, ularning ijrosini taşkil etiş, nazoratini olib boriş hamda ularni amalga oşirişga kömaklaşiş;
– Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirişga oid yangi taşabbuslarini işlab çiqiş;
– aholi va tadbirkorlar bilan oçiq va töğridan töğri muloqotlarni taşkil etiş va ularni qiynayotgan masalalarga yeçimlarni işlab çiqiş;
– qonunlarni imzoga yoki qaytarişga tayyorlaş;
– Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini taşkil etiş;
– Prezidentga bevosita böysunuvçi (hisobdor) davlat organlari va taşkilotlari faoliyatini muvofiqlaştiriş va boşqalar.
👉 @xushnudbek 👈



