«Sifatli davlat boşqaruvi» dasturi ğoliblari eʼlon qilindi

Albom22-may, 2026, 11:482 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

“Sifatli davlat boşqaruvi” dasturi ğoliblari eʼlon qilindi

Tanlovda 40 ta respublika idorasi va ularning xodimlari iştirok etdi.

Taşkilotlar kesimida natijalar:

🔹 “Özbekiston – 2030” strategiyasini amalga oşiriş böyiça eng namunali vazirlik — Adliya vazirligi;

🔹 Resurslarni boşqariş böyiça eng namunali vazirlik — Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi;

🔹 Davlat xizmatlarini körsatişdagi eng namunali vazirlik — Içki işlar vazirligi.

Xodimlar kesimida natijalar:

🔸 Eng namunali rahbar xodim — Toğ-kon va geologiya vazirligi boşqarma boşliği Maqsud Bolibekov;
🔸 Eng namunali maʼmuriy xodim — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bölim boşliği Fazliddin Möminov;
🔸 Eng namunali mutaxassis xodim — “Özatom” agentligi boş mutaxassisi Şoxmirzo Umarov;
🔸 Eng namunali ayol xodim — Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vaziri maslahatçisi Ummatoy Yöldoşeva;
🔸 Eng namunali isteʼdodli yoş xodim — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi loyiha ofisi rahbari Akbarxon Sobirxonov;
🔸 Inson resurslari böyiça eng namunali xodim — Adliya vazirligi bölim boşliği Mirsaid Raxmatov.

Şavkat Mirziyoyev barça ğoliblarning lavozimlarini bir poğona kötarib, rahbar kadrlar zaxirasiga kiritişni taklif qildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek