Muhim

Prezident boşlanğiç sinflar uçun darslik Finlandiya standarti böyiça tayyorlanişini maʼlum qildi

Video9-oktabr, 2022, 12:422 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Prezident boşlanğiç sinflar uçun darslik Finlandiya standarti böyiça tayyorlanişini maʼlum qildi

Sirdaryoga taşrifi davomida jurnalistlar bilan muloqot qilgan prezident oxirgi vaqtlarda keng muhokama qilinayotgan maktab darsliklari masalasida gapirgan. Bu borada «Menimça» teleloyihasida lavha körsatildi.

«Darsliklar masalasida ham ança muammo bor ekan, uning içiga kiriş kerak. Darsliklar saviyasi haqida katta muhokamalar böldi. Finlyandiyaning standarti bilan bir xilda 1-4 sinflar uçun darsliklar qiladigan böldik. Nimaga desangiz, Finlyandiya xalq taʼlimi Yevropa miqyosida, umuman dunyoda raqobatga çidamli, köp tajribani özidan ötkazgan», — dedi prezident.

Haqiqatdan darsliklar masalasi taʼlimning eng muhim qismlaridan biri. Ayniqsa biz kabi taʼlim tizimida katta muammolari bor jamiyatlar uçun bu 2 hissa muhimroq. Çunki biz yaqin va qisqa vaqt içida har bir maktabga yuz minglab eng zör öqituvçilarni tayyorlay olmaymiz, ammo har bir öquvçining qöliga eng yaxşi darsliklarni bera olamiz. Bu esa heç bölmaganda mustaqil taʼlim orqali sifatni kötariş (yoki uşlab qoliş) uçun juda zarur.

Yodingizda bölsa, Mustaqillik bayrami tantanalaridagi nutqida Şavkat Mirziyoyev davlatimizni rivojlantirişdagi 5 ta asosiy vazifalardan eng muhimi taʼlim ekanligini taʼkidlagandi.

«Farzandlarimiz zamonaviy bilim va könikmalarni puxta egallaşlari uçun eng qulay şaroitlar yaratişni izçil davom ettiramiz.

Buning uçun, maktablarning öquv dasturlari, öqitiş uslubi, darsliklar mazmuni tubdan qayta körib çiqiladi.

Uşbu tizim avval ilğor xorijiy mutaxassislar tomonidan ekspertizadan ötkazilib, keyingina hayotga tatbiq etiladi», - degan edi davlatimiz rahbari.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek