Prezident maktablari imtihonlarining ikkinçi bosqiçi 27-iyul kuni bölib ötadi
🗓 Prezident maktablari imtihonlarining ikkinçi bosqiçi 27-iyul kuni bölib ötadi
Imtihonlarning ikkinçi bosqiçi test şaklida bölib, jami 130 daqiqa vaqt beriladi:
➖ matematika fanidan tanqidiy fikrlaş va muammoni yeçiş böyiça 40 ta topşiriqni bajarişga 90 daqiqa;
➖ ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan işlaş (Reading component) böyiça 40 ta topşiriqni bajarişga 40 daqiqa.
⏳ Talabgorlarga topşiriqlarni bajariş uçun belgilangan vaqtdan taşqari (130 daqiqa), javoblar varağiga belgilaş uçun qöşimça vaqt berilmaydi.
📄 Talabgorlar imtihonga ruxsatnoma va tuğilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelişlari kerak. Boşqa har qanday buyum olib kiriş taqiqlanadi.
‼️Eslatma: imtihonni qayta topşiriş va boşqa kunga köçiriş mumkin emas va bu borada qöşimça imkon berilmaydi.
📲 Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Şundan söng, imtihon ötkaziladigan joy nomi va vaqti töğrisidagi maʼlumotni şaxsiy kabinet orqali yuklab oliş mumkin.
📍Toşkent viloyati öquvçilari uçun imtihonlar Toşkent şahrida bölib ötadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 3 Telegram Stars

