Qabul boşlanişiga 1 kun qoldi
Qabul boşlanişiga 1 kun qoldi. Vazir aytgan kvotalar qani?
#abituriyent
Ertaga, 20-iyun kuni, respublikamiz böylab davlat OTMlariga qabul jarayonlari boşlanadi. Arizalar har doimgidek faqat onlayn usulda my.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi.
Qabulga 1 kun qolgan bölsa-da, hozirça faqat davlat granti asosidagi kvotalar maʼlum: bakalavriat uçun — 34 ming 860 ta, magistratura uçun — 8 ming 923 ta kvota tasdiqlangan. Lekin bu ham umumiy kvotalar bölib, hozirça tillar kesimidagi kvotalar eʼlon qilinmadi.
Şuningdek, ertaga qabul boşlansa ham, lekin haligaça tölov-kontrakt asosidagi kvotalar ham maʼlum emas. Joriy yildan boşlab kontrakt kvotalarini OTMlar özi tasdiqlab, 20-iyunga qadar Oliy taʼlim vazirligi saytida eʼlon qilişi kerak edi.
Demak, bugun davlat granti va tölov-kontrakt kvotalarini tillar kesimida eʼlon qilişning oxirgi kuni. Kutamiz, kun davomida eʼlon qilib qolinsa kerak.
Şuningdek, yana bir masala. Oliy taʼlim vaziri Ibrohim Abdurahmonov joriy yilda jami 381 mingta kvota tasdiqlanişi kutilayotgani, şundan 60 mingtasi davlat granti asosida bölişini maʼlum qilgandi. Lekin amalda davlat granti uçun 43 ming 783 ta, yaʼni vazir aytgandan 16,2 mingtaga kam kvota tasdiqlandi.
👉 @xushnudbek 👈



