Muhim

Qaysi mahallada sport maydonçasi qurişni odamlar ovoz berib hal qiladi

Video9-may, 2024, 17:462 daqiqa0 koʻrish

Qaysi mahallada sport maydonçasi qurişni odamlar ovoz berib hal qiladi

Sport vazirligi taşabbusi bilan 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni arafasida respublikamizning barça tuman va şaharlarining har biriga bittadan sport maydonçasi qurib beriş böyiça tanlov ötkaziladi.

Sport maydonçalari tuman (şahar)lar kesimida eng köp ovoz olgan mahallaga qurib beriladi.

❗️Ovoz beriş jarayoni ertaga, 10-maydan boşlanib, 1-iyungaça tashabbus.sport.uz saytida bölib ötadi.

Joriy yilda uşbu tizim sinov tariqasida ötkazilayotgani sababli, mahalla qöşiş imkoniyati yöq. Vazirlikning özi hududlardan kelgan sörovlar asosida ehtiyojmandligiga qarab, har bir tuman yoki şahar böyiça 3 tadan nomzod mahalla röyxatini oldindan kiritib qöygan. Ovoz beriş ana şu mahallalar orasida bölib ötadi.

Kelgusida xuddi Taşabbusli byudjetga öxşab, fuqarolar uçun ham öz mahallasini taklif qiliş imkoniyatini qöşiş rejalaştirilmoqda.

Ovoz beriş telefon raqamni va unga kelgan SMS kodni kiritiş orqali böladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek