«Taşabbusli byudjet»da ikki marta yutgan mahallaga tanaffus beriş tartibi qaçondan amal qiladi?
❓"Taşabbusli byudjet"da ikki marta ketma-ket yutgan mahallaga 1 yil tanaffus beriş tartibi qaçondan amal qiladi?
Avval xabar berganimizdek, Senat qaroriga asosan "Taşabbusli byudjet" tartibiga bir qator özgarişlar kiritildi.
Özgarişlar orasida ketma-ket ikkita mavsumda ğolib bölgan mahalla yoki taşkilotga kelasi ikkita mavsumda, yaʼni 1 yil davomida tanaffus beriş qoidasi ham bor. Bundan maqsad hadeb bitta mahalla yoki taşkilot yutavermasdan, boşqalarga ham imkon berişdir.
Uşbu özgariş eʼlon qilingaç, bu qoida qaçondan amal qilişi haqida köplab savollar ham kelib tuşmoqda. Avval ötgan ikkita mavsumda yutgan mahalla (taşkilot) ayni paytda bölayotgan 2024-yil ikkinçi mavsumda qatnaşa olmaydimi, deb söraşmoqda.
Bunga Iqtisodiyot va moliya vazirligi tuşuntiriş bergan.
Tanaffus haqidagi qoida avval yutganlarga taalluqli emas. Ketma-ket ikkita mavsumni hisoblaş 2024-yil ikkinçi mavsumdan boşlanadi. Yaʼni 2024-yil ikkinçi mavsumda hamda 2025-yil birinçi mavsumda ketma-ket ikki marta ğolib bölgan mahalla (taşkilot) 2025-yil ikkinçi va 2026-yil birinçi mavsumda qatnaşa olmaydi.
Boşqaça aytganda, hozirgaça ötgan mavsumlardagi ğoliblarga heç qanaqa çeklov yoki tanaffus qöllanmaydi.
❗️Maʼlumot uçun: joriy yilgi ikkinçi mavsum uçun ovoz beriş jarayonlari 22-avgustdan boşlanadi va 10 kun davom etadi. Ilgari ovoz beriş 20 kun bölardi, endilikda bu muddat 10 kunga qisqartirildi.
👉 @xushnudbek 👈

