Qaysi sportçilarga öqişga kirişda ijodiy imtihonda maksimal ball körinişidagi imtiyoz berilişi tasdiqlandi

Matn8-noyabr, 2022, 15:411 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzStipendiya sport yönalişidagi har bir OTMning 1 nafar talabasiga beriladi. Uning sohiblari magistraturaga imtihonsiz grant asosida qabul qilinadi.

Qaysi sportçilarga öqişga kirişda ijodiy imtihonda maksimal ball körinişidagi imtiyoz berilişi tasdiqlandi

Prezident qaroriga köra, Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida 2023/2024 öquv yilidan quyidagilar kasbiy (ijodiy) kiriş imtihonlarini topşirişdan ozod qilinadi va ularga maksimal ball beriladi:

➖ Özbekistonda xizmat körsatgan sportçi faxriy unvoniga ega sportçilar;
➖ Xalqaro toifadagi Özbekiston sport ustasi yoki xalqaro grossmeyster sport unvoniga ega sportçilar;
➖ Özbekiston sport ustasi yoki Özbekiston grossmeysteri sport unvoniga ega sportçilar;
➖ Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo öyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari böyiça respublika çempionatlarida oxirgi bir yilda ğolib (1-örin) bölgan sportçilar.

Eslatib ötamiz, amaldagi qonunçilikka köra, kattalar va yoşlar örtasida Olimpiya va Paralimpiya öyinlari dasturlariga kiritilgan sportning olimpiya va paralimpiya turlari böyiça Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo öyinlarida oxirgi tört yilda, jahon va Osiyo çempionatlarida oxirgi bir yilda ğolib va sovrindor (1 — 3 örin) bölgan umumiy örta taʼlim maktablari, örta maxsus professional taʼlim muassasalarining bitiruvçilari OTMlarning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi taʼlim yönalişlariga qöşimça davlat granti asosida kunduzgi, sirtqi, keçki taʼlim şakllariga imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek