Qonunçilik palatasi Spikeri örinbosari Alişer Qodirov yozmoqda

Albom2-sentabr, 2022, 10:302 daqiqa0 koʻrish

Qonunçilik palatasi Spikeri örinbosari Alişer Qodirov yozmoqda:

“Şavkat Mirziyoyevning kuni keça qilgan maʼruzasi Rossiya Davlat dumasi deputati Konstantin Zatulinning asossiz talqiniga suyanib, xato xulosalarga sabab bölibdi.

Davlat rahbari tarixiy faktlarga asoslanib, yaqin ötmişning qora kunlarini eslatib ötdi. Öşa qora kunlarda xalqimizning eng ilğor fikrlovçi qatlamlarining yakson qilinganini eslamaslik, kelajakda bu kabi xatolarni takrorlanişiga olib kelişi mumkin.

Prezident nafaqat özbek, balki öşa davrda sovet davlatida yaşagan barça millatlarning ziyolilariga nisbatan qilingan vahşiy nohaqliklar haqida gapirdi. Buni anglaş va töğri talqin qiliş uçun katta tarixçi böliş şart emas, menimça.

Hamkasblarimga şunday ham murakkab bölgan muhitni yana murakkablaştiradigan, mintaqadagi tinçlik va osoyiştalikka putur yetkazadigan talqinlardan tiyilişni tavsiya qilaman. Zero bundan heç kim yutmaydi!”, - deydi Qodirov.

***

Şuningdek, Senat raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev ham munosabat bildirdi:

“Prezident Ş.Mirziyoyevning qatağon qurbonlari xotirasiga bağişlangan marosimdagi nutqiga Rossiya OAVlarida berilgan “munosabatlar”ini öqib çiqdim.

Mustabid tuzum qatağon qurbonlari xotirasini yod etgan Özbekiston Prezidentining muvozanatli, bosiq va öta samimiy nutqiga mutlaqo noadekvat munosabat.

Özi bahs nima haqida? Mustabid tuzum şafqatsiz va berahm bölganligi haqidami?

Yoki halok bölganlar haqiqatan ham ğayriinsoniy qatağon qurbonlari bölganligi haqidami? Soğlom aql va yaxşi xotiraga ega bölgan har bir inson u yoki buni şubha ostiga ololmaydi.

Tuzumga qarşi, Vatan ozodligi uçun öz ovozini baland kötarişga jurʼat etgan minglab yurtdoşlarimiz uçun poligon va qabriston bölib qolgan ayni şu joyda ötgan marosimda men ham qatnaşdim. Tadbir çin qalbdan, tantanali, qandaydir samimiy, insoniy tarzda ötdi.

Aynan şu joyda jallodlar tomonidan öz ölimini jasorat bilan qabul qilganlar oldidagi qarzimizni insoniy ravişda qaytardik.
Bu endi şov-şuvli siyosiylaştiriş va populistik vahima uçun sababmi?”, - deydi Safoyev.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek