Tushuntirish

Özi nima deyilgan edi?

Matn2-sentabr, 2022, 11:383 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzAlişer Qodirov va Sodiq Safoyev Prezidentning qatağon qurbonlari haqidagi nutqiga Rossiya OAVlari va deputatlari bildirgan munosabatlarga raddiya berdi.

Özi nima deyilgan edi?

31-avgust kuni erta tongda Şahidlar xotirasi xiyoboniga taşrif buyurgan Şavkat Mirziyoyevning öşa yerda aytgan gaplari rus OAVlarida keng muhokamalarga sabab bölmoqda va notöğri, yanada aniqroq aytsak, provokatsion talqin qilinmoqda.

Xöş, aslida öşa kuni nima deyilgan edi?

“Qatağon qurbonlari xotirasi” muzeyida bu yil jadid talabalar Germaniyaga öqişga yuborilganining 100-yilligiga bağişlangan ekspozitsiya taşkil etildi. Davlatimiz rahbari muzeyga kirib, mazkur körgazma bilan tanişdi.

— Bu yerga har gal kelib, eʼtibor berişimiz bejiz emas. Mustaqillikka erişiş oson bölmagan. Istiqlolimizga 31 yil bölgani bilan bobolarimiz 100-yillar oldin bunga harakat qilgan. 100 ming vatandoşimiz qatağonga uçrab, 13 ming nafari şafqatsiz otib taşlangan. Nima uçun? Tahlil bölgan. Ular eng katta qahramonlarimiz, millatning xazinasi bölgan. 2-3 tadan til bilgan. Vatanimizni ozod qilib, taraqqiyotga olib çiqişini bilişgan. Bu yerda xuddi ularning ovozlari eşitilgandek böladi, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Şular haqda sözlar ekan, Prezidentimiz Qurʼoni karimdagi oyatni yodga oldi. “Oli Imron” surasining 169-oyatida: “Alloh yölida halok bölganlarni ölik, deb hisoblamang, ular tirikdir, Parvardigorlari huzurida rizqlanişmoqda” deya marhamat qilingan.

Davlatimiz rahbari hali bu tarix oxirigaça örganilmagani, qatağon qurbonlarini aniqlaş va xotirasini tiklaş böyiça izlanişlarni davom ettiriş kerakligini taʼkidladi.

— Butun dunyoda bir parça qoğoz bölsayam, qança mablağ ketsayam, özbek millatiga daxldor hujjatlarni topinglar, deb topşiriq bergandim, – dedi Prezident. – Oxirgi yillarda yana qança qatağon qurbonlari aniqlandi. Adolat nuqtai nazaridan qahramon bobolarimizning nomlarini tiklayapmiz. Ötgan bir yil içida Özbekiston Oliy sudi tomonidan 235 nafar ana şunday vatandoşimiz oqlandi. Jadid bobolarimiz nomida muzeylar, maktablar taşkil qilyapmiz. Toşkent markazida Abdulla Qodiriy maktabi qurib, haykalini örnatdik. Nima uçun? Odamlar ötganda körişi, “men kimlarning avlodiman” deb öylaşi, asarlarini bilişi kerak. Yoki Çölponni tiklaş qanday qiyin böldi? Bugun biz pastga tuşinglar, xalqning içiga boringlar, deyapmiz, xalqdan kuç olayapmiz. Çölpon ham şunday degan. Bunday xayrli işlarni töxtatmaslik kerak. Yangi kitoblar, filmlar çiqariş zarur.

Jadidlarning hayoti va asarlarini televideniye va ijtimoiy tarmoqlar orqali yoşlarga yetkaziş, maktab darslarida bu mavzuga keng örin beriş zarurligi taʼkidlandi.

Maʼlumki, mustabid tuzum faqat jadidlarni yöq qiliş bilan çeklanib qolmagan. Ötgan asrning 80-yillarida ham minglab vatandoşlarimiz turli böhtonlar bilan qamoqqa olingan, xörlangan.

— Bugun ham yölda öylanib kelyapman. 30-yillarni eski tarix desa, “paxta işi”-çi?! Yetakçilarimizni qatağon qiliş uçun soxta ayblovlar öylab çiqarişdi-ku. Boşqa respublikalarda yöqmidi kamçilik? Bunday alamli voqealarni heç qaçon unutib bölmaydi. Bugungiday bayramlarda, tinç-osoyişta kunlarda şularni ham yuragimizdan ötkazib, yoşlarimizga yetkazişimiz kerak, – deya taʼkidladi Şavkat Mirziyoyev.

Dunyo notinç bölib borayotgani, bunday vaziyatda ogoh va vazmin böliş kerakligi qayd etildi.

— Körayapsizlar, dunyoda raqobat, tahdidlar kuçayib borayapti. Xavf yonimizda yuribdi. Bunga tayyor böliş uçun hamişa ogoh böliş zarur. Bugungi emin-erkin hayotimizga şukrona aytiş bilan birga ertangi kunimizni mustahkam qilişimiz kerak. Qaçon mustahkam qilamiz? Bilimli bölsak. Agar bobolarimiz buyukligidan ruhlanib, har bir soha böyiça taʼlimni mukammal qilsak, manaman degan davlatdan kam joyimiz yöq. Bolalarimizni zör öqitsak, natija biz kutgandan ham yaxşi böladi. Mustaqilligimiz barqaror va abadiy böladi, – dedi davlatimiz rahbari.

***

Bor gap şu. Bu gaplarning qaysi biri notöğri? Kimgadir yoqsa ham, yoqmasa ham, barça fikrlar töppa-töğri. Özbekiston ozodlik yölida kuraşgan öz millatparvarlarini qadrlaydi va ularning xotirasini hurmat va ehtirom bilan yodga oladi.

Har qança xaspöşlamaylik yoki siyosiylaştirmaylik, tarixiy haqiqatni öçirib yuborib bölmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek