Muhim

Qonunçilik palatasida alifboga tuzatiş kiritiş haqidagi qonun loyihasi qabul qilindi

Matn7-iyul, 2026, 12:511 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Qonunçilik palatasida alifboga tuzatiş kiritiş haqidagi qonun loyihasi qabul qilindi

Unga köra, amaldagi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi örniga alifbo 28 ta harf hamda 1 ta tutuq belgisidan iborat bölişi belgilanmoqda. Ayrim harflarning qöllanilişiga ham aniqlik kiritiladi.

Qonun kuçga kirguniga qadar rasmiylaştirilgan hujjatlar, milliy valyuta, qimmatli qoğozlar öz kuçida qoladi. Şuningdek, davlat taşkilotlarining peşlavhalari, ramziy belgilari va boşqa atributlaridan ham belgilangan muddatgaça foydalaniladi.

📝 Mazkur yondaşuv davlat organlari va taşkilotlarida amalda foydalanilayotgan hujjatlar va boşqa vositalarni birdaniga almaştiriş xarajatlarining oldini olişga qaratilgan.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek