«Qöqonlik tadbirkorlarimiz xotirjam bölsin, biz heç kimni öz holiga taşlab qöymaymiz»
❗️“Qöqonlik tadbirkorlarimiz xotirjam bölsin, biz heç kimni öz holiga taşlab qöymaymiz” — Şavkat Mirziyoyev Qöqonda bölgan yonğin haqida munosabat bildirdi
“Bir masalaga alohida töxtalib ötsam. Şu haftada Qöqondagi buyum bozorida sodir bölgan yonğin yuzlab tadbirkorlarimizga zarar yetkazdi.
Qöqonlik tadbirkorlarimiz xotirjam bölsin, biz heç kimni öz holiga taşlab qöymaymiz!
Bu bozor uzoği bilan bir oyda töliq tiklab beriladi, bunga barça kuç va vositalarni safarbar qilamiz. Kim qaysi dökonda faoliyat yuritgan bölsa, öşa yerda tadbirkorligini davom ettiradi.
Yonğindan zarar körgan barça tadbirkorlarning kredit va soliq tölovlari muddati keçiktiriladi. Ularning qaytadan “oyoqqa turib olişlari” uçun aylanma mablağ uçun imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Yonğin oqibatida bozorga tutaş hududlarda zarar körgan aholi xonadonlari töliq taʼmirlab beriladi.
Umuman, yetakçi loyiha taşkilotlarini jalb qilib, bozorlarni zamonaviy, qulay, barça xavfsizlik talablariga javob beradigan savdo komplekslariga aylantiriş böyiça katta dastur qabul qilamiz”, — dedi Şavkat Mirziyoyev.
👉 @xushnudbek 👈

