ReklamaSport

CAFA Nationʼs Cup-2023 öyinlari Özbekiston va Qirğizistonda ötkazilmoqda

Matn14-iyun, 2023, 22:331 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Futbol böyiça ilk marta ötkazilayotgan CAFA Nationʼs Cup-2023, yaʼni Markaziy Osiyo kubogi xalqaro turniri doirasidagi öyinlar 2 ta davlatda ötkazilmoqda: Özbekiston va Qirğiziston.

Uşbu turnirning rasmiy homiysi bukmekerlik (totalizator) kompaniyalaridan biri. Şu sababli uşbu kompaniya reklamasi hamma joyda körsatilyapti. Katta stadionlarda ham, TVda ham, saytlarda ham va h.k.

Vaholanki, Özbekistonda qimor öyinlari taqiqlangan. Unda qatnaşiş ham, uni reklama qiliş ham mumkin emas. Buning uçun maʼmuriy va jinoiy javobgarliklar bor.

Ammo negadir uşbu turnirda qonunlarga köz yumildi.
Qonunlarimiz şunçalik qadrsizmi? Qoyil qolmadim xullas.

Maʼlumot uçun, turnir taşkilotçisi bölgan Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi degan taşkilotga Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning katta öğli Rustam Emomali rahbarlik qiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek