Muhim

Qöşma taʼlimda muammoga uçragan talabalarning murojaati ijobiy hal qilindi

Matn29-avgust, 2022, 22:122 daqiqa0 koʻrish

Qöşma taʼlimda muammoga uçragan talabalarning murojaati ijobiy hal qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda qöşma taʼlim dasturida muammoga uçragan talabalarning eʼtirozlari eʼlon qilingan edi.

Soğliqni saqlaş vazirligi mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor örganişlar natijasini eʼlon qildi.

Farğona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2019-2020 öquv yilidan boşlab Rossiyaning Kuban davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda “Davolaş işi” va “Stomatologiya” qöşma taʼlim yönalişlari taşkil etilgan.

2019-yil 27-martda ikki tomonlama tuzilgan şartnomaga muvofiq, öqişga qabul qilingan talabalarning “Davolaş işi” yönalişi böyiça 3 yil Özbekistonda va 3 yil Rossiya Federatsiyasida, “Stomatologiya” yönalişida esa 3 yil yurtimizda hamda 2 yil Rossiyada taʼlim olişi belgilangan.

2021-2022 öquv yili yakuni böyiça “Stomatologiya” yönalişida 46 nafar, “Davolaş işi” yönalişida 40 nafar talaba 3-bosqiçni bitirib, 2022-yil 21-avgust kuni Rossiya Federatsiyasining Kuban davlat tibbiyot universitetiga öquv yurti mutasaddilari boşçiligida yuborilgan.

25-avgust kuni Kuban davlat tibbiyot universitetida “Stomatologiya” yönalişi böyiça 3-bosqiçini bitirgan talabalaridan imtihon olinganda, 46 nafaridan 25 nafari belgilangan ballni töplab, öqişni davom ettirişga tavsiya etilgan. Qolgan 21 nafar talaba belgilanganidan past ball jamğargani uçun imtihondan öta olmagan.

❗️Şundan söng uşbu talabalar va ularning ota-onalari tomonidan bildirilgan murojaat asosida Soğliqni saqlaş hamda Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi Rossiya tomoni, jumladan, Kuban davlat tibbiyot universiteti maʼmuriyati bilan tegişli muzokaralar olib bordi. Natijada imtihondan öta olmagan talabalar rus tilini puxta egallaş şarti bilan uşbu universitetda öqişni davom ettiriş imkoniyatiga ega böldi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek