Tibbiyot yönalişi bitiruvçilarining töliq stavkada işlaşiga ruxsat berildi
⚡️Tibbiyot yönalişi bitiruvçilarining töliq stavkada işlaşiga ruxsat berildi
Hukumatning 3-oktabrdagi [561-son] qaroriga muvofiq, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida tajriba-sinov tariqasida 2022/2023 öquv yilida:
✅ barça tibbiyot va OTMlarning «Davolaş işi», «Pediatriya işi» va «Tibbiy-profilaktika işi» yönalişlari bitiruvçi kurslariga töliq stavkagaça oilaviy şifokor, tez tibbiy yordam şifokori va sanitariya bölimlarida şifokor sifatida;
✅ barça tibbiyot OTMlar, respublika ixtisoslaştirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantiriş markazining magistratura va klinik ordinatura bitiruvçilari mutaxassisliklari böyiça töliq stavkagaça işlaşi mumkin.
✅ «Davolaş işi», «Pediatriya işi» va «Tibbiy-profilaktika işi» yönalişlari böyiça barça bosqiç talabalari fanlar va amaliy maşğulotlarning nazariy qismini masofaviy özlaştiradi.
❗️ Soğliqlni saqlaş vazirligi şifokorlarga bölgan ehtiyojni aniqlaydi va birinçi bosqiçda 2022-yil 1-oktabrdan Surxondaryo viloyatida, ikkinçi bosqiçda esa 2022-yil 1-noyabrdan barça hududlarda talabalarni vakant örinlarga işga joylaştiradi.
👉 @xushnudbek 👈



