«Qöyliq» dehqon bozori faoliyati tugatildi
«Qöyliq» dehqon bozori faoliyati tugatildi
«Toşkent qişloq xöjalik mahsulotlari ulgurji bozori» AJ («Qöyliq» bozori) faoliyati rasman tugatildi. Bu haqda aksiyadorlar qarori qabul qilingan.
Kompaniya ijroiya organining aksiyadorlarga axborot berişiça, jamiyatning hududida tadbirkorlar faoliyati 2024-yil 5-yanvardan töxtatilgan.
«Ötgan ikki oy davomida bozor faoliyatini qay tartibda davom ettiriş, taʼmirlaş, rekonstruksiya qiliş böyiça biror bir rasmiy yoki norasmiy maʼlumotlar bugungi kunda mavjud emasligi, ayni paytda yer soliği, mulk soliği hisoblanişi davom etayotganligi, modomiki holat davom etsa, kompaniyaning moliyaviy ahvoli qiyinlaşib qolişi kutilişi sababli jamiyatni yuridik şaxs sifatida ixtiyoriy tugatiş maqsadga muvofiq deb topilgan», deyiladi aksiyadorlar qarorida.
«Toşkent qişloq xöjalik mahsulotlari ulgurji bozori» rasmiy sayti 1-mart kuni eʼlon qilgan xabarga köra, tugatilayotgan bozor böyiça murojaatlar ikki oy davomida qabul qilinadi.
Aksiyadorlik jamiyati rasmiy saytiga köra, bozorda Toşkent şahar hokimligi uluşi 93.2%ni, erkin savdo va mehnat jamoasi uluşi esa 6.8%ni taşkil qiladi.
2024-yil yanvarida Toşkent şahri hokimligi Qöyliq bozorida rekonstruksiya işlari boşlanişi haqida xabar bergan edi.
«Bozorga keltirilayotgan mahsulotlar bozor hududiga siğmay, atrofidagi hududlarda, şu jumladan Çirçiq kanali böyida tartibsiz savdo amalga oşirilmoqda, avtomobil yöllarning tirbandligiga asosiy sabab bölmoqda va aholiga jiddiy noqulayliklar yaratmoqda», deyilgandi xabarda.
Rekonstruksiya davrida tadbirkorlarga faoliyatini «Food City», «Toşkent indeks» va boşqa savdo majmualarida davom ettiriş taklif qilingan edi.
👉 @xushnudbek 👈

