Tushuntirish

Qurbon Hayiti qaçon va bayramda neça kun dam olinadi?

Matn19-iyun, 2023, 11:462 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Qurbon Hayiti qaçon va bayramda neça kun dam olinadi?

Özbekiston musulmonlari idorasining maʼlum qilişiça, bugun — 19-iyun kuni Zulhijja oyining 1-kuni kirib kelgan.

Qoidaga köra, Qurbon Hayitining birinçi kuni Zulhijja oyining 10-kunida nişonlanadi. Demak, katta ehtimol bilan Özbekistonda Arafa kuni 27-iyun (seşanba), Qurbon Hayitining birinçi kuni esa 28-iyun (çorşanba) sanasiga töğri keladi. Bu haqda hozirça rasmiy xabar eʼlon qilinmadi.

🗓️ Dam oliş kunlari qanday böladi?

2023-yilgi dam oliş kunlarini belgilaş töğrisidagi Prezident farmonida Qurbon Hayiti kuni 29-iyunga töğri kelişi hisobga olingan holda dam oliş kunlari belgilangan edi. Yaʼni 30-iyun, juma kuni barça uçun, 1-iyul, şanba kuni 6 kunliklar uçun dam oliş kuni sifatida körsatilgan.

Endi oyning vaqtli körinişi sababli Qurbon Hayiti 1 kun oldinroq, 28-iyunga töğri kelayotgani sababli katta ehtimol bilan Prezident farmoniga ham özgariş kiritiladi. Ramazon Hayitida ham şunday bölgandi va yana qöşimça 1 kun barça uçun dam oliş sifatida berilgandi.

Agar ötgan safargi anʼana davom ettirilsa, unda örtada oçiq qolib ketayotgan 29-iyun (payşanba) kuni barça uçun dam oliş kuni bölişi mumkin va özbekistonliklar quyidagi sanalarda ketma-ket 5 kun dam olişadi:

• 28-iyun, çorşanba;
• 29-iyun, payşanba;
• 30-iyun, juma;
• 1-iyul, şanba;
• 2-iyul, yakşanba.

Yuqorida aytganimdek, hozirça bu böyiça rasmiy xabarlar yöq. Bölişi bilan sizlarga xabar qilamiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek