Muhim
Quyoş panellari örnatganlar uçun aprel-may oylariga subsidiya summalari tasdiqlandi
Matn2-iyul, 2026, 17:191 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
❗️ Quyoş panellari örnatganlar uçun aprel-may oylariga subsidiya summalari tasdiqlandi
Soliq qömitasiga köra, aprel-may oylarida 60193 jismoniy şaxs “Quyoşli xonadon” dasturdan foydalanib, elektr tarmoqlariga ötkazilgan quyoş energiyasi uçun 156 mlrd 125 mln söm davlat budjetidan subsidiya oladi.
Subsidiyaning eng katta qismi uşbu hududlarga töğri kelmoqda.
▪Xorazm viloyati: 29,1 mlrd söm;
▪Buxoro viloyati: 27,1 mlrd söm;
▪Qoraqalpoğiston Respublikasi: 19,1 mlrd söm.
Subsidiyani “Soliq” mobil ilovasining “Keşbek va imtiyozlar” xizmatining “Quyoşli xonadon” bölimidagi “Kartaga pul ötkaziş” oynasi orqali bank kartasiga ötkazib oliş mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars

