Ramazon oyi 29 kun bölgani töğrimi?
Ramazon oyi 29 kun bölgani töğrimi? Rözani 30 kun tutib qöysa bölmaydimi?
Joriy yilda ramazon oyi 29 kun davom etadi. Özbekiston musulmonlar idorasi ramazon oyi nima uçun 29 kun bölgani yuzasidan tuşuntiriş berdi.
Unda taʼkidlanişiça, milodiy sana oylari 28 yoki 29 hamda 30 yo 31 kunlik bölgani kabi hijriy oylar, jumladan, ramazon oyi ham gohida 29, gohida 30 kunlik bölişi mumkin. Hijriy oyning milodiy oydan farqi şuki, masalan, mart oyi doimiy ravişda 31 kunlik bölsa, hijriy oylar hilolning yangilanişi bilan boğliq bölgani uçun qaysi oy neça kunlik bölişi oyning körinişiga qarab aniqlanadi.
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam oxiratga rihlat qilgunlariga qadar töqqiz yil Ramazon rözasini tutganlar. Şulardan aksarida ramazon oyi yigirma töqqiz kunlik, ozroğida öttiz kunlik bölgan. Bu borada Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda zikr qilingan:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning davrlarida 29 kun tutgan rözamiz 30 kun tutganimizdan köproq edi” (Imom Ahmad rivoyati).
Demak, ramazon oyi neça kun bölsa, şunça kun röza tutiladi va öşa mukammal röza hisoblanadi. Şunga köra, heç kim öziça ramazon doim öttiz kun böladi, deb hukm çiqarişi aslo töğri emasdir. Bunday deyiş sahih hadislar va ulamolar ijmosi (ittifoqi)ga ziddir. Ramazon oyi 29 kunlik bölib kelgan taqdirda ham biz oyat va hadislarga muvofiq bir oy mukammal röza tutgan bölamiz”, deyiladi Musulmonlar idorasi tuşuntirişida.
👉 @xushnudbek 👈
- 6 Telegram Stars

