Ramazon oyining boşlanişi hamma mamlakatda har doim ham bir kunga töğri kelavermaydi
Ramazon oyining boşlanişi yoki Ramazon hayitining birinçi kuni dunyodagi hamma mamlakatda har doim ham bir kunga töğri kelavermaydi. Çunki islom dini qoidalari böyiça bunday sanalar oy taqvimi asosida belgilanadi. Yangi oy körinişi (çiqişi) esa turli davlatlarda turli sanaga töğri kelişi oddiy hol.
🇸🇦Saudiya Arabistonida Ramazon oyining birinçi kuni ertaga, 18-fevralga töğri kelişi eʼlon qilindi. 🇺🇿Özbekistonda esa Ramazon oyi ertadan keyin, 19-fevraldan boşlanadi. Çunki bizning mintaqamizda yangi hilol körinmadi.
Özbekiston musulmonlari idorasi bu haqida izoh berar ekan, dunyodagi köplab davlatlarda ham xuddi biz kabi Ramazon oyi 19-fevraldan boşlanişi belgilanganini eslatdi. Jumladan, Markaziy Osiyodagi barça davlatlar, Misr, Iordaniya, Suriya, Liviya, Iroq, Eron, Turkiya, Ozarbayjon, Indoneziya, Bruney, Ummon, Singapur, Avstraliya, Yaponiya, Pokiston, Hindiston, Malayziya, Janubiy Koreya şular jumlasidan. Şuningdek, Yevropa fatvo va tadqiqotlar kengaşi tomonidan 19-fevral kuni Ramazon oyining birinçi kuni, deb eʼlon qilindi.
👉 @xushnudbek 👈
- 33 Telegram Stars

