Ramazon

9-mart, duşanba: Ramazon oyining 19-kuni taqvimi va yölovçining odoblari

Matn9-mart, 2026, 05:142 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

9-mart, duşanba (19-kun)
Saharlik vaqti: 05:27
Iftorlik vaqti: 18:27 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]

#ramazon

YÖLOVÇINING ODOBLARI

Yölovçi çiqqan naqliyot vositasida özini xuddi birovning uyida yoki jamoatçilik joyida ötirgandek tutişi kerak.

Birovning şaxsiy markabiga mingan odam xuddi uning uyiga kirgan kabidir. Birovning uyiga kirgan odam qanday odoblarga rioya qilsa, markabiga mingan odam ham öşanday odoblarga rioya qilişi kerak. Odob bilan ötiriş, ulovda mavjud narsalarga qöl uzatmaslik, haydovçining iznisiz biror narsadan foydalanmaslik va hokazolar şular jumlasidandir. Şuningdek, jamoatçilik markabiga mingan odam ham xuddi jamoatçilik binolariga kirgan kişidek böladi. U ham öziga yaraşa odoblarga rioya qilişi lozim.

Yölovçi özi çiqqan naqliyot vositasida ozodalikka rioya qilişi juda ham muhim.

Bunda naqliyot vositasi şaxsiymi, jamoat foydalanadiganimi, farqi yöq. Zotan, musulmonlarning közga köringan şiorlaridan biri: «Poklik iymondandir». Afsuski, baʼzi kişilar bu haqiqatni unutib, özlari foydalanayotgan naqliyot vositalarida tozalikka rioya qilişmaydi. Turli çiqindilarni, qoğoz va oziq-ovqat qoldiqlarini naqliyot vositalariga taşlab ketiş hollari har qadamda uçrab turadi.

Yölovçidan özi mingan naqliyot vositasiga heç qanday zarar yetkazmaslik talab etiladi.

Bu odobga rioya qilmay, naqliyot vositasiga zarar yetkazgan yölovçi birovning yoki jamoatçilikning mulkiga talofat yetkazgan hisoblanadi va uni tölab berişi vojib böladi.

Yölovçining jamoat naqliyot vositasida haqdor kişilarga joy berişi yuksak odob namunasidir.

Haqli kişilar deganda qari, bemor, zaifhol kişilar, homilador va bolali ayol kabilar kiradi. Bu kabi şaxslarni barça joylarda avaylaş kerak bölganidek, naqliyot vositalarida ham joy beriş, yordam körsatiş hammaning burçidir.

Jamoatçilik markablarida tiqilinç bölsa, yangi çiqqanlarga joy beriş yuksak odobdir.

Jamoatçilik naqliyot vositalari ham xuddi majlislar kabidir. Ularda ham majlislar odobiga rioya qiliş lozim böladi.

Yölovçining jamoatçilik naqliyot vositasida baqir-çaqir qilmasligi ham odobdandir.

Afsuski, baʼzi bir odobga rioya qilmaydigan şaxslar jamoatçilik naqliyot vositasida baland ovozda gapirib, xoxolab, sökinib, köpçilikning tinçini buzadilar. Bunday holatlar musulmon kişilarga mutlaqo yaraşmaydi.

Yölovçi jamoatçilik naqliyot vositasida manziliga yetib borganidan keyin, haydovçiga taşakkur aytadi, garçi yölkira tölagan bölsa ham.

Yölovçi naqliyot vositasidan tuşayotganida, boşqalarga xayrlaşuv salomini berib, «bismillah»ni aytib, öng oyoği bilan tuşadi.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 4 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek