Ramazon: Uyali telefonda suhbatdoşga nisbatan odoblar
11-mart, çorşanba (21-kun)
Iftorlik vaqti: 18:29 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]
UYALI TELEFONDA SUHBATDOŞGA NISBATAN ODOBLAR
Birovga qönğiroq qilişdan, qisqa xat yozişdan oldin uning raqamini aniqlab oliş lozim.
Sinaş uçun ayrim raqamlarni terib, öynaş joiz emas. Kim bilan muomala qilayotganini aniq biliş kerak. Bölmasa, özgani noörin bezovta qilişi, özini xijolatga qöyişi yuzaga keladi.
Qönğiroq qilişdan oldin qönğiroq qilinayotgan şaxs istirohat qilayotgan yoki qilmayotgani, band yoki band emasligini aniqlab oliş kerak.
Xususan, masjidlardagi musulmon kişiga namoz vaqtida qönğiroq qiliş joiz emas. Ayniqsa, ahli ilmlar, hurmatli kişilar, katta yoşdagi odamlarga nisbatan bu maʼnoda öta ehtiyotkor böliş lozim. Baʼzi kişilar mulohaza qilmay, juda erta yoki öta keç paytlarda ham, odamlar uyquga ketadigan vaqtlarda ham telefonga çaqiraveradi. Yana ortidan «Bezovta qilmadimmi?» deb sörab ham qöyişadi.
Bir marta qönğiroq qilganda javob berilmasa, oradan bir oz muddat ötkazmay turib, qönğiroqni qaytariş beodoblikdir.
Bu xuddi birovning darvozasini tinimsiz qoqib, hadeb çaqiraverişga öxşaydi. Ulamolarimiz: «Musulmon kişi birovni uyidan çaqirganda, öşa odam eşitadigan tarzda bir marta çaqirsin, javob qilmasa, bir oz kutib, keyin qayta çaqirsin, çunki uy egasi tahorat qilayotgan yoki namoz öqiyotgan yoki boşqa bir zaruriy holatlarda band bölişi mumkin», deyişadi. Unga hadeb qönğiroq qilaveriş darvozasini tinimsiz taqillatiş bilan barobar.
Uç marta qönğiroq qilingandan keyin ham javob bölmasa, qönğiroq qilişni töxtatiş lozim.
Birovni çaqiriş odobi şuni taqozo qiladi. Birinçi çaqiriş ila hojati borligi bildiriladi. Ikkinçi çaqiriş bilan istagini yana bir bor taʼkidlaydi. Uçinçisi esa oxirgi çaqiriş böladi. Şundan keyin ham javob bölmasa, çaqirilayotgan kişi öta band ekani yoki çaqiruvçiga javob beriş istagi yöqligi alomati böladi.
Çaqirilgan odam aloqaga çiqqanda, çaqiruvçi birinçi bölib salom berişi kerak.
Musulmonlik odobi şuni taqozo qiladi. Kalomdan oldin salom beriladi.
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Salom kalomdan avvaldir», dedilar».
Termiziy rivoyat qilgan.
Qönğiroq kelganda, goʼşakni olgaç, «Labbay» yoki şu kabi goʼzal ibora bilan söz boşlaş odobdandir.
Agar suhbatdoş oldin salom bersa, unga alik qaytariş zarur. Zero, salom beriş sunnat, javob qaytariş esa vojibdir. Alikni heç bölmaganda salomga yaraşa qaytariş vojib.
Uyali aloqa vositasida uzoqroq gaplaşmoqçi bölgan odam suhbatdoşidan izn söraşi lozim.
Çunki uning bunga imkoniyati bölmasligi, maşaqqatga tuşib qolişi yoki hisobida puli kam qolgan bölişi mumkin.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars


