Ramazon

23-fevral, duşanba (5-kun): Kalom odoblari

Matn23-fevral, 2026, 05:042 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

23-fevral, duşanba (5-kun)
Saharlik vaqti: 05:49
Iftorlik vaqti: 18:10 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]

#ramazon

KALOM ODOBLARI

Töğri sözni sözlagan odamni tasdiqlaş ham odobdandir.

Bunda töğrilikka xizmat qiliş, yaxşilik va taqvo yölida hamkorlik qiliş namunasi bordir. Arastu aytadi: «Töğrilik uçun qurbon böliş – yolğonçi bölib uzoq umr körişdan yaxşidir».

Gapning maqomiga qarab, vaziyat taqozo qilgan ravişda ovozni kötariş yoki pasaytiriş ham odobdandir.

Misol uçun, köpçilikka qaratilgan gapni baland ovoz bilan, yaqinda turgan şaxsga past ovoz bilan gapiriş lozim. Muhimi, gap kimga qaratilgan bölsa, öşa odam bemalol eşitsin. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam şunday qilar edilar.

Tinglovçi tuşuna oladigan, uning saviyasiga mos gaplarni gapiriş lozim.

Imom Muslim Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda: «Sen bir qavmga aqllari yetmaydigan gapni gapirsang, ulardan baʼzisiga albatta fitna bölur», deyilgan. Hazrati Ali roziyallohu anhu: «Odamlarga ular tuşunadigan gapni gapiringlar», deganlar.

Özi yaxşi bilmaydigan, töğriligini tekşirib körmagan gapni gapirmaslik kerak.

Bunday zararli illat köpçilikka odat bölib qolgan. Ayrimlar allakimlardan eşitgan miş-miş, asossiz gaplarni xuddi özi guvoh bölganday, bemalol hammaga tarqatib yurişadi. Bu ham odobsizlik sanaladi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Har bir eşitgan narsasini gapiraveriş kişining yolğonçiligiga kifoya qiladi», dedilar».

Muslim rivoyat qilgan.

Har bir gapni gapirganda, oqibati nima bölişini hisobga olib gapiriş lozim.

Oqibati qanday bölişini öylamay gapiriş sözlovçining öziga ham, özgalarga ham zarar keltirişi mumkin. Gapirib qöyib, keyin afsus qilgandan köra gapirmagan afzal.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 8 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek