Ramazon

Ramazonning 27-kuni: Safar odoblari

Matn17-mart, 2026, 17:152 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

17-mart, seşanba (27-kun)
Iftorlik vaqti: 18:35 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]

#ramazon

SAFAR ODOBLARI

Musofir doimo tahoratli yurişga, namozlarni vaqtida ado etişga harakat qiladi.

Tört rakatli farz namozlarni qasr qilib, ikki rakatdan öqiydi. Hanafiy mazhabida peşin va asrni, şom va xuftonni jamlab öqişga ruxsat yöq. Peşin va şomni oxirgi vaqtiga surib öqigaç, salom bergandan keyin asr va xuftonning vaqti kiradigan bölsa, ularni eng avvvalgi vaqtida öqib olsa böladi. Sunnatlarni yurib turilganda öqimasa ham, maskanga joylaşib olganda öqiydi.

Musofir safardan qaytib, vataniga yaqinlaşganda, «La ilaha illallohu, vahdahu la şariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ala kulli şayʼin qodiyr. Oyibuna, taibuna, abiduna, sajiduna va lirobbina hamidun. Sodaqallohu vaʼdahu va nasara abdahu va hazamal ahzaba vahdahu», degan duoni öqiydi.

Duoning maʼnosi: «Allohdan özga iloh yöq. U yagonadir. Uning şerigi yöq. Mulk faqat Unikidir. Hamd Unga xosdir. U har bir narsaga qodirdir. Qaytuvçilarmiz, tavba qiluvçilarmiz, ibodat qiluvçilarmiz, sajda qiluvçilarmiz, Robbimizga hamd aytuvçilarmiz. Alloh vaʼdasini rostga çiqardi, bandasiga nusrat berdi va barça guruhlarni bir Özi tor-mor qildi».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam şunday qilar edilar.

Musofir özining yetib borişi haqida ahli ayoliga oldindan xabar yuboradi.

Ularning tayyorgarlik körib, munosib kutib olişlari uçun şunday qilinadi.

Musofir özi yaşaydigan şahar yoki qişloqqa kirayotib, «Allohim, Sendan uning yaxşiligini, uning ahlining yaxşiligini va undagi narsaning yaxşiligini sörayman. Sendan uning yomonligidan va undagi narsaning yomonligidan panoh sörayman», degan duoni öqiydi.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam şuni tavsiya qilganlar.

Uyga kirişdan oldin mahalla masjidida ikki rakat namoz öqiş ham yaxşi amal.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam şunday qilar edilar.

Musofir öz uyiga kirişda, «Tavban, tavban, lirobbina avban, la yuğodiru havban» degan duoni öqiydi.

Musofir odam safardan közlangan maqsad hosil bölişi bilan darhol oilasi huzuriga qaytişga şoşilişi kerak.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 4 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek