Ramazon

Ramazonning 26-kuni: Safar odoblari va duolari

Matn16-mart, 2026, 18:143 daqiqa0 koʻrish

16-mart, duşanba (26-kun)
Iftorlik vaqti: 18:34 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]

#ramazon

SAFAR ODOBLARI

Safarni niyat qilgan kişi safarga çiqişdan oldin ikki rakʼat sunnat namozi öqiydi.

Bu namozning birinçi rakatida Kofirun surasini, ikkinçi rakatida Ixlos surasini öqiydi. Keyin Kursiy oyatini, Qurayş, Ixlos, Falaq va Nas suralarini öqib, ixlos va qalb hozirligi ila safarida yaxşilik va osonlik sörab duo qiladi.

Safarga çiqayotgan kişi kuzatuvçilar bilan vidolaşadi.

Ahli-ayoli, oila aʼzolari, qöni-qöşni, yor-döstlar bilan safardan oldin vidolaşiş, ularning duosini oliş musulmonlar qadimdan mustahab sanab kelgan amallardandir. Musofir söngra vidolaşuv duosini öqiydi.

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:

«U kişi safarni iroda qilgan odamga:
«Menga yaqin kel, sen bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biz ila vidolaşganlaridek vidolaşib qöyay. U zot: «Astavdiʼulloha diynaka va amanataka va xovatiyma aʼmalika», deb aytardilar», der edi».

«Sunan» egalari rivoyat qilganlar.

Safarga jönab ketayotgan odam bilan vidolaşiş mustahabdir. Uşbu rivoyatdagi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan sözlarning maʼnosi «Allohdan diningni, ahli ayolingni, molu mulkingni va işlaringning oxirini muhofaza qilişini sörayman»dir.

Uydan çiqayotib, hadisda kelgan çiqiş duosi öqiladi.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kişi uyidan çiqayotganda: «Bismillahi, tavakkaltu alallohi, la havla va la quvvata illa billahi», desa, öşa paytda unga: «Hidoyat qilinding, kifoya qilinding va saqlanding», deyiladi. Şayton undan çetlanadi. Unga boşqa bir şayton: «Hidoyat qilingan, kifoya qilingan va saqlangan odamni qanday (toydira olasan)?!» deydi», dedilar».
«Sunan» egalari rivoyat qilganlar.

Musofir markabga minayotib, «bismillah»ni aytadi va minib bölgaç, «miniş duosi»ni öqiydi.

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safarga çiqib, tuyalariga minganlarida, uç marta takbir aytar va:
«Subahanallazi saxxoro lana haza. Va ma kunna lahu muqriniyn va inna ila robbina lamunqolibun. Allohumma! Inna nasʼaluka fi safarina haza al-birro vat-taqva va minal amali ma tarzo. Allohumma! Havvin alayna safarana haza vatvi' anna buʼdahu. Allohumma! Antas-sohibu fis-safar val xalifatu fil ahl. Allohumma! Inni aʼuzu bika min vaʼsais-safari va kaobatil manzari va suʼil munqalabi fil mali val ahli», der edilar».
Muslim, Abu Dovud, Termiziy va Nasaiy rivoyat qilganlar.

Duoning maʼnosi: «Bizga buni böysundirgan Zot pokdir. Biz bunga qodir emas edik. Va albatta, biz Robbimizga qaytguvçilardirmiz. Allohim! Albatta, biz uşbu safarimizda yaxşilikni, taqvoni va Özing rozi böladigan amalni söraymiz. Bizlarga bu safarimizni oson qilgin. Allohim! Sen safarda sohibsan va ahlda xalifa – örinbosarsan. Allohim! Sendan safarning maşaqqatidan, ahl va molda mahzun bölib qaytişdan hamda yomon manzara bölişidan panoh sörayman».

Safardagi kişi minadigan uloviga yaxşi qaraşi, uni qarovsiz qoldirmasligi alohida taʼkidlanadi.

Çunki safarning qiyinçiliksiz, yaxşi ötişi va undan közlangan maqsadga erişiş köp jihatdan ulovga (markabga) boğliq.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek